9:33 PM
Bolalar uchun eng havfli o'yinchoqlar nomi oshkor qilindi
Bolalar uchun eng xavfli
o'yinchoqlar nomi oshkor
qilindi

Shimoliy Arizona universiteti
olimlari so'zlaydigan, yuradigan,
musiqa ijro etadigan va turli xil
ovozlarni chiqaradigan elektron
o'yinchoqlar bolalar uchun eng
xavfli ekanini aniqladi. Aslida
esa shu kabi o'yinchoqlarga esa
ta'limiy vosita sifatida qaraladi,
deya qayd etmoqda The NWI
Times.
Bunday xulosa 26 juft ota-ona
va ularning 10-16 oylik
farzandlari o'rtasida o'tkazilgan
tadqiqot natijalari bo'yicha
chiqarildi. Har bir oilaga uchta
o'yinchoq jamlanmasi taqdim
etildi.
Birinchi jamlanmadan bolalar
uchun noutbuk, so'zlaydigan
ferma va bolalar mobil
telefonlari o'rin oldi.
Ikkinchisiga esa yog'och pazllar,
rasmli kubiklar kiritildi. Uchinchi
jamlanma esa jonivorlar, shakl
va gullar tasvirlangan
kitoblardan iborat bo'ldi.
Aynan birinchi jamlanma nutq
ko'nikmalarining shakllanishiga
eng kam yordam bergan. U
an'anaviy o'yinchoqlarga
qaraganda bolalar so'z
boyligining sifati va nutq
elementlari sonining
kamayishiga ko'proq ta'sir
ko'rsatgan. Ovoz chiqaradigan
elektron o'yinlarni o'ynash
vaqtida ota-onalar bolalari bilan
kamroq suhbatlashar ekan.
Kitoblar esa aksincha, ota-
onalarning farzandlari bilan
gaplashishiga ko'proq imkon
tug'dirgan. An'anaviy
o'yinchoqlar bilan xuddi
shunday ijobiy holat qayd
etilgan.
Manba:Kun.uz
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 195 | Добавил: umidtvru | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: