Doston Ubaydullayev: “Ummon”dagi yigitlarni inson sifatida hurmat qilaman

Xonanda Doston Ubaydullayev “7×7” gazetasiga bergan intervyusida “Ummon” guruhi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bir intervyuda Ozodbek Nazarbekov, Ziyoda hamda “Ummon” guruhining qo‘shiqlarini tinglab turishingizni aytgansiz. To‘g‘risi, “Ummon” guruhi muxlisi ekaningiz…

— Nafaqat siz aytib o‘tgan san’atkorlar, balki butun o‘zbek estradasini tinglayman. “Ummon” guruhiga keladigan bo‘lsak, birinchidan, ular — ukalarim. Ikkinchidan, ularni inson sifatida hurmat qilaman, balki shunga xatolari ko‘rinmas. Biroq bu uchovlon san’atga o‘z kuchlari bilan va o‘ziga xos yo‘nalishda kirib keldi.
Yangiliklar
179
umidtvru
2015-12-20
0

“Ummon” qachon fonogrammada kuylashdan voz kechishini ma’lum qildi

“Ummon” guruhi yigitlari har yangi konsert dasturida jonli ijrodagi qo‘shiqlari sonini ko‘paytirishni niyat qilgan. Bu haqda guruh vakillari “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

— “Ummon” guruhi yigitlari qachon fonogrammadan voz kechadi?

Guruh a’zosi Zohid: — Qachon hamma xonandalar voz kechishsa, o‘shanda (kuladi). Vaqti keladi, biz ham jonli ijrodagi konsertlar taqdim etamiz. Har yangi konsert dasturimizda joni ijrodagi qo‘shiqlarimiz sonini ko‘paytirishni niyat qilganmiz.
Yangiliklar
259
umidtvru
2015-12-20
0