2:28 PM
Farg'onada tuyaqush boqish yo'lga qo'yildi
Farg'onada tuyaqush boqish
yo'lga qo'yildi

Rishton tumani Bog'iston
qishlog'ida tashkil etilgan
“STRAUS FARM” O'zbekiston-
Buyuk Britaniya qo'shma
korxonasida mahalliy sharoitda
tuyaqush boqish yo'lga qo'yildi.
Bu haqda O'zA xabar qilmoqda.
Dastlab, 306 ming dollar evaziga
xorijdan 200 bosh Afrika
tuyaqushi keltirildi. 16 gektarga
yaqin er ajratilib, tuyaqush
boqish uchun kerakli maydon
va o'tloqlar yaratildi.
– Tuyaqush parvarishi boshqa
qushlarni boqishdan o'ziga xos
jihatlari bilan ajralib turadi, –
deydi qo'shma korxona rahbari
Farangiz Azimova. – Masalan,
tuyaqush yaylovda o'zi o't
qidirishni xush ko'radi. Shu
bois, ularni keng dalada boqish
maqsadga muvofiq.
Tuyaqush go'shti dunyo oziq-
ovqat bozorida mazali va
xolesterini kam, parhezbop
mahsulot sifatida qadrlanadi.
Uning terisidan qimmatbaho
kiyimlar, qo'lqop, poyabzal,
hamyon va sumkalar tikilsa,
tirnog'idan brilliant va olmosni
tozalaydigan kukun, patidan esa
par yostiqlar tayyorlanadi.
Shuningdek, yumshoq
mebellarni qoplashda
qimmatbaho xomashyo sifatida
foydalaniladi.
12-14 oylik tuyaqushning vazni
100-120 kilogrammgacha
bo'lib, undan 20-25 kilogramm
lahm go'sht, 1,2-1,8 metr
kvadrat teri olinadi. Zamonaviy
tibbiyotda uning pay tomirini
inson a'zosiga transplantasiya
qilishda keng qo'llanilmoqda.
Mutaxassislarning
ta'kidlashicha, tuyaqush 4 yilda
reproduktiv yoshga etadi va
parrandachilikda bunday
qushlar “Brider” deb yuritiladi.
Ularning o'rtacha tuxum qo'yish
yoshi 10-15 yil, zotdor
tuyaqushlar 40 yil davomida
tuxum qo'yaveradi. Bitta
tuyaqush 10-12 yil davomida
qo'ygan tuxumdan chiqqan
jo'ja go'shti o'rtacha 72
tonnaga etishi mumkin.
Tuyaqush 70 yilgacha umr
ko'rishi mutaxassislar
tomonidan kuzatilgan. Katta
yoshdagi tuyaqushning bo'yi
2,7 metr, vazni 150
kilogrammdan ortiq bo'ladi. Bir
tuyaqush oilasi 1 mavsum – 10
oy davomida 80-100 tagacha
jo'ja ochishi mumkin.
Ta'kidlash joizki, 1 bosh
tuyaqushdan 40-45 foizgacha
go'sht olinadi. Bu yirik va mayda
shoxli mollar, hatto boshqa
parrandalar go'shtidan ham
ko'pdir.
Dunyo bozorida tuyaqush
go'shtining o'rtacha narxi
12-15 evro, ishlov berilmagan
xom terisi 60 evroni tashkil
etadi. Sovuq va o'rtacha iqlimda
etishtirilgan tuyaqush patining
sifati issiq iqlimdagisiga
nisbatan arzon baholanadi.
Lekin bu ham boshqa sanoat
darajasida etishtirilayotgan
parranda patidan qimmatdir.
Manba: "kun.uz"
Категория: Yangiliklar | Просмотров: 734 | Добавил: umidtvru | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Имя *:
Email *:
Код *: